BAXSHIYONA JANRIDA YOZILGAN SHE’RLARDA LIRIK KECHINMA TABIATI
Abstract
Ushbu maqolada lirik kechinma va uning tabiati baxshiyona janrida yozilgan she’rlar misolida tasvirlanadi bunda Usmon Azim, Halima Xudoyberdiyeva va Hamid Olimjon baxshiyonalari misol tariqasida tahlilga olinadi. Maqolada, har bir shoirning o‘ziga xos uslubi va lirikasi, shuningdek, ularning asarlarida insonga xos his-tuyg‘ular, ijtimoiy muammolar va qadriyatlar qanday aks etganligi tasvirlanadi. Usmon Azimning she’rlaridagi samimiy his-tuyg‘ular, Halima Xudoyberdiyevaning ayol va ona mavzusidagi lirik kechinmalari, Hamid Olimjonning esa umidsizlik va iztiroblar haqidagi dardli ifodalari o‘rganiladi. Ushbu asarlar orqali, baxshiyona janrining dolzarbligi va uning inson ruhiyatiga ta’siri ko‘rsatiladi. Maqola, shuningdek, lirik kechinmalarni o‘z ichiga olgan baxshiyona she’rlarining xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
References
Halima Xudoyberdiyeva “Ilk muhabbat” kitobi. 1968-y. -B.11.
Hamid Olimjon. Mukammal asarlar to‘plami.10 tomlik, T.: Fan, 1975-1984 yil.
Halima Xudoyberdiyeva. Buyuk qushlar. -Toshkent: O‘zbekiston, 2012.
O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari G‘ Majmua. (1–jild) Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi: N.Rahmonov. – T.: Fan, 2005;
Sirojiddinov Sh. O‘zbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari. – T.: Yangi asr avlodi, 2011.
Suvonova J. Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy izlanishlar (Usmon Azim ijodi misolida). Fil.fan.nom.dis., - Samarqand, 2000.
Tohir Shermurodov. Usmon Azim ijodiyoti. – Toshkent, 2011. – 204 b.
Q.Mamiraliyev. Istiqlol davri oʻzbek she’riyatida janrlar modifikatsiyasi. -Toshkent: Anorbooks, 2024. – 208 b.