O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGI TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINISHI

Authors

  • Agzamovna Nargiza Gafurovna, Mo`minova Gulhayo Bunyodjon qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarix fani o`qituvchisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, turizm fakulteti, 1-bosqich talabasi Author

Keywords:

yangi tahrir, umumxalq referendumi, inson huquqlari, demokratik islohotlar, davlat boshqaruvi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ijtimoiy kafolatlar, iqtisodiy islohotlar, milliy rivojlanish strategiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ta’lim tizimi, xalqaro standartlar, huquqiy tizim, fuqarolik jamiyati.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2023-yilda qabul qilingan yangi tahriri va uning siyosiy-huquqiy ahamiyati keng yoritiladi. Konstitutsiyaning yangi tahriri xalqaro demokratik standartlarga mos holda mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni kuchaytirish va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirishga qaratilgan yangi normalar tahlil qilingan.

Maqolada, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid kafolatlar. Referendum orqali Konstitutsiyaning qabul qilinishi fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligini oshirganligi va bu jarayonning milliy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilganligi haqida fikr yuritiladi.

Mazkur tahlil mamlakatning milliy rivojlanish strategiyasidagi yangi yo‘nalishlarni ko‘rsatib berishga va ushbu islohotlarning O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiboriga ta’sirini ochib berishga qaratilgan. Maqola davlat siyosati va konstitutsiyaviy huquq sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va o‘quvchilar uchun muhim axborot manbai sifatida xizmat qiladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.11.2023 yildagi PF-188-son

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

https://constitution.uz/

Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o`quv qo`llanmasi

Downloads

Published

2025-01-14