This is an outdated version published on 2025-01-10. Read the most recent version.
Yuksak o‘simliklar va zamburug‘larning birgalikdagi faoliyati
Keywords:
Mikoriza, simbiotik munosabatlar, zambug’-o‘simlik aloqasi, qalpoqchali zamburug’lar, ektomikoriza, endomikoriza, stressga chidamlilik, biologik xilma-xillik, o‘simlik ildizi, mikoriza populyatsiyasi, pestitsidlar, fungitsetlar, gifal qobiq, hartig to‘ri, gifal mantiya, monokultura.Abstract
Maqolada tirik organizmlar o‘rtasidagi munosabatlardan biri mikoriza haqida ma’lumotlar berilgan. Mikoriza turlari, funksiyalari va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. Mikoriza yordamida o‘simliklarning stressga chidamliligi ortishi, tuproq sifatining yaxshilanishi va barqaror qishloq xo‘jaligi uchun qo‘llanilishi, o‘simliklarni yetishtirishda (cho‘lda) o‘simlikning suvga nisbatan moyilligini kamaytirish, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish kabi jihatlar o‘rganiladi. Mikoriza orqali hosildorlikni oshirish va tuproq resurslarini muhofaza qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqola tuproq mikrobiologiyasi va o‘simlik ekologiyasi sohasidagi tadqiqotchilar hamda qishloq xo’jaligi amaliyotchilari uchun foydali bo‘ladi.