MIS FOLGA ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH
Abstract
Bugungi kunga kelib sanoatning barcha sohalarida tubdan yangilanishlar ketmoqda. Xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan zanjirni yaratish hozirgi davrning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mis metallurgiyasida ham mis metalidan qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Mis metalidan folga ishlab chiqarish shu kabi loyihalardan biri hisoblanadi. Mis folga ishlab chiqarish jarayoni texnologik jihatdan murakkab jarayon bo‘lib, o‘ta yuqori aniqlik va sifat talab qilinadi.