AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNALOGIYALARI YO’NALISHI OVOZLI YORDAMCHILARDA NUTQNI AVTOMATIK ANIQLASH VA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASHNING INTEGRATSIYASI
Keywords:
Ovozli yordamchi, nutqni avtomatik aniqlash (ASR), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), sun'iy intellekt, tabiiy til tushunish, mashinani o‘rgatish.Abstract
Ovozli yordamchilar (masalan, Siri, Google Assistant, Alexa) sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilar bilan muloqot o‘rnatadi. Ushbu tizimlar ikki asosiy texnologiya – Nutqni Avtomatik Aniqlash (ASR) va Tabiiy Tilni Qayta Ishlash (NLP)ga tayanadi. ASR tizimi nutqni matnga aylantiradi, NLP esa bu matnni tahlil qilib, foydalanuvchining so‘roviga mos javobni yaratadi. Ushbu maqolada, ovozli yordamchilarning ishlash prinsiplarini, ASR va NLP texnologiyalarining integratsiyasini, ularning amaliy qo‘llanilishini va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqamiz. Ovozli yordamchilarning texnologik rivojlanishi bilan birga, ularni ko‘p tilli tizimlarga, hissiy tahlilga va yanada ilg‘or mashina o‘rganish algoritmlariga integratsiya qilish zarurati ortib bormoqda.