SHOVQINLI MUHITLARDA NUTQNI ANIQLASH, NLP TIZIMLARI UCHUN OPTIMALLASHTIRISH USULLARI

Authors

  • Rustamova Dilnoza Rustam qizi Andijon mashinasozlik instituti talabasi Author

Keywords:

NLP,WER, SNR.

Abstract

Shovqinli muhitlarda nutqni avtomatik aniqlash texnologiyalari inson-kompyuter o‘zaro aloqasida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiyalar tabiiy tillarni qayta ishlash tizimlari uchun boshlang‘ich ma’lumot manbai hisoblanadi. Ammo shovqinli muhitlar, reverberatsiya va turli xil fon tovushlari ASR tizimlarining aniqlik darajasini pasaytirishi mumkin. Ushbu muammo nutqni qayta ishlash usullarini rivojlantirish va NLP tizimlarida optimallashtirishni talab qiladi. Maqolada shovqinli muhitlarda nutqni aniqlashning asosiy muammolari va ularni yechish usullari ko‘rib chiqiladi. Shovqinni pasaytirish algoritmlari, ma’lumotlarni oldindan qayta ishlash, shuningdek, chuqur o‘rganish asosida shovqinga chidamli modellarni yaratish usullari muhokama qilinadi. Shovqinli muhitda kontekst va semantikani hisobga olish uchun NLP tizimlarining ahamiyati ta’kidlanadi.

Published

2024-12-06