GLOBALLASHUV SHAROITIDA XALQARO MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Keywords:
Globallashuv, xalqaro moliya bozori, moliyaviy instrumentlar, pul bozori, kapital bozori, valyuta bozori, qimmatli qog’ozlar bozori.Abstract
Moliya bozori keng ko’lam va murakkab tarkibga ega infratuzilma hisoblanadi. O’z o’rnida u depozitlar, aksiya, obligatsiya, veksellar, derivativ(hosilaviy qimmatli qog’ozlar), valyuta va sug’urta bozorlarini o’z ichiga olishi bilan iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Bir-biriga o’zaro aloqador bo’lgan bu tizimni tartibga solish har qanday davlat uchun e’tiborga molik masaladir. Negaki, moliya bozorini taraqqiy toptirish- raqobat muhitini yaxshilash, moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini qo‘llashga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali ijtimoiy muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi. Xalqaro miqyosda esa bu zanjir mamlakatlarni turli xil nazorat ishlarini amalga oshirish va tartibga solish islohotlarini o’tkazishga undaydi. Iqtisodiy globallashuvning vujudga kelishi natijasida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni maksimal darajada hal qilish orqali butun dunyo iqtisodiyotini tartibga solish har qanday mamlakat va uning tarkibidagi katta-kichik sektorlarining asosiy va muhim vazifasidir.
References
K.Amadeo. Financial Regulations. The balance. March 14, 2020. https://www.thebalance.com/financial-regulations-3306234
Marc Labonte. Who regulates whom? An overview of the U.S. financial regulatory Framework. Congressional Research Service. March 10, 2020. Page 26.
T.V. Derkach. Osnovnie napravleniya globalizatsii mirovoy ekonomiki. Naukoviy vіsnik mіjnarodnogo gumanіtarnogo unіversitetu.No 6–2013.S–103.
G’.G'. Shermatov. Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari